2021-yilda O‘zbekistonda 3 769 ta korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyatga 1,2 trln so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Bu ko‘rsatkich 2020-yilga nisbatan 3 baravar ko‘p. Bu haqda Senatning korrupsiyaga oid yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Korrupsiyaga oid jinoyatlar sohalar kesimida Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamda bank tizimi tashkilotlariga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida esa Toshkent shahri, Surxondaryo, Navoiy, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda eng yomon ko‘rsatkichlar qayd etilgan.


Avvalroq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlarini korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari boʻyicha baholangandi.

Unga ko‘ra, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, Xalq taʼlimi, Qurilish, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Moliya, Sogʻliqni saqlash vazirliklari kabilar faoliyati “qoniqarsiz” deb topildi.