“Yandex Music"da neyromusiqa paydo bo‘ldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati “Spot"ga ma’lum qildi.

Neyromusiqa — algoritmlar tomonidan real vaqtda yaratilgan cheksiz musiqa bo‘lib, tizim ritmik tarzda sozlangan. Unda odamni chalg‘itadigan so‘zlar yoki pauzalar yo‘q.

Uning yaratilishida neyrotarmoqning turli xil janrlari, ya’ni rok, hip-hop, pop, elektronika yoki embiyent musiqiy partiyalari ishlatildi.

Partiyalarga virtual asboblar yordamida ovoz berilgan bo‘lib, ulardan tayyorlangan kompozitsiyalar va o‘tishlar real vaqtda uzluksiz musiqani ta’minlaydi.

U foydalanuvchi istagidan kelib chiqib “Mening to‘lqinim” bo‘limidagi kabi tuziladi. Ya’ni tavsiyalar tizimi ham neyromusiqa qaysi qismlardan iboratligini mukammal tushunadi va uning ichidagi muayyan namunalarga e’tibor qaratishi mumkin.

Buning yordamida esa u har daqiqada nima ijro etayotganini aniq biladi va foydalanuvchi qo‘ygan “layk” va “dizlayk"larga juda tez e’tibor qaratishi mumkin.


Avvalroq “Spot” “Yandex Go” Buxoro hamda Qo‘qonda ish boshlagani haqida xabar bergan edi.