“Air Lease Corporation” ikki yangi Airbus A321neo samolyotini “Qanot Sharq” aviakompaniyasiga uzoq muddatli ijaraga berganini maʼlum qildi.

Samolyotlar aviakompaniyaga shu yilning kuzida yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

“Biz „Qanot Sharq“ ikkita yangi A321neo samolyotiga ega boʻlishidan juda mamnunmiz. O‘zbekistonda xususiy sektor ijobiy iqtisodiy islohotlar tufayli o‘sib bormoqda va shu sababli mamlakat fuqarolarining sayohatga ehtiyoji ortib bormoqda”, — dedi korporatsiya vitse-prezidenti AJ Abedin.

Ma’lumot uchun: “Air Lease Corporation” — Los Anjelesda joylashgan samolyotlarni ijaraga beruvchi yetakchi kompaniyalardan biri.

“Qanot Sharq Airbus"ning “Air Lease Corporation” bilan birinchi hamkorligi emas. Xususiy aviakompaniya oʻzining ilk ikki samolyotini 2021-yil fevral oyida mazkur kompaniyadan ijaraga olgandi.

Bu Airbus A320−200 rusumli samolyotlari boʻlib, ular uzoq muddatli ijaraga taqdim etilgan.

“Qanot Sharq” oʻzini Oʻzbekistondagi birinchi xususiy aviakompaniya sifatida ta’kidlaydi. Aviakompaniya 1998-yilda roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, 2003−2012-yillarda “Uzbekistan Airways"dan IL-76 samolyotlarini ijaraga olgan holda charter reyslarini amalga oshirgan.

Barcha IL-76 samolyotlarini Mudofaa vazirligiga oʻtkazilganidan soʻng, kompaniyaning havo operatori sertifikati toʻxtatildi. Prezident fuqarolik aviatsiyasi toʻg'risidagi farmonni imzolagandan soʻng, kompaniya asoschilari uni mahalliy aviakompaniya maqomida tiklashga qaror qilishdi.


Avvalroq “Spot” “Qanot Sharq” Samarqanddan Sankt-Peterburgga qatnovlarni amalga oshirishni boshlagni haqida yozgandi.