“Investitsiyalarni jalb qilish uchun taqdimot ishlab chiqish” mavzusida onlayn ma’ruza bo‘lib o‘tadi.
Ma’ruzachi — startaplar trekeri Andrey Asachuk.
U taqdimotning asosiy tuzilishini, mahsulot haqida qanday ma’lumotlarni kiritish kerakligi va har qanday mahsulotning mohiyatini 14 ta slaydga qanday joylashtirish kerakligi haqida gapirib beradi.
Shuningdek, pitchdagi startaplarning asosiy xatolari tushuntiriladi.
Andrey Asachuk — startap-murabbiy. U ta’sischilarga mahsulotlarni bozorga chiqarishda va o‘sishni tezlashtirishda, korporatsiyalar bilan aloqalarni o‘rnatishda, hamda, biznes farishtalari va dastlabki bosqich fondlaridan investitsiyalarni jalb qilishda yordam beradi.
Ma’ruza 15-avgust kuni soat 16:00 da boshlanadi va rus tilida olib boriladi.
Unda qatnashish bepul, buning uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
“IT Park” bundan oldin Denis Kalishkin va Svetlana Bodrenkova kabi spikerlar bilan ma’ruza olib borgan.