Sverdlovsklik tadbirkorlar “IKEA” kompaniyasining Ural analogini O‘zbekistonga eksport qilishni yo‘lga qo‘ymoqda.

Sverdlovsk viloyatdan mebel va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi shved raqobatchisi “IKEA"ni siqib chiqarishga tayyor.

Hozirda mebel va pardozlash materiallari ishlab chiqaruvchi “Stella” kompaniyasi O‘zbekiston bozorini zabt etishni rejalashtirmoqda, xabar beradi viloyat televideniyasi.

“Biz assortimentimizdan yasashimiz mumkin bo‘lgan turli javonlar, suratlar uchun romlar kabi materiallarni ishlab chiqarishga harakat qilamiz”, — deydi kompaniya tijorat direktori Vyacheslav Zabotin.

Korxona tovar aylanmasining 15%i eksportga to‘g‘ri keladi. Yil boshidan beri ishlab chiqaruvchilar Armaniston va Turkmaniston bozoriga kirishdi. Endi esa o‘zbekistonlik tadbirkorlar navbatdagi hamkor bo‘lishni rejalashtirmoqda.


Avvalroq “Spot” Rossiyaning yirik ishga yollovchi agentliklari O‘zbekistonda ish boshlashi kutilayotgani haqida xabar bergandi. Ular bu yerda o‘sish potensiali yuqori ekanligini tushunishmoqda.