“HeadHunter” kompaniyasi hh.uzda joylashtirilgan bo‘sh ish o‘rinlarining tahlili asosida mehnat bozorining ko‘rinishini tayyorladi.
Unga ko‘ra, 2022-yilning birinchi yarmida o‘zbekistonlik ish beruvchilar 4,5 mingga yaqin IT-mutaxassisini izlagan.
Eng ko‘p talab dasturchilar, web-muhandis va web-mutaxassislar hamda tizim administratorlari kabilarga bo‘lgan.
IT-sohasida o‘rtacha ish haqi 9 mln so‘mni tashkil etdi.
Mazkur sohada ish izlayotganlar soni esa 20 mingdan oshdi.
Hozirda O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3,5 mln so‘mni tashkil etadi.
O‘tgan yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 2,9 mln so‘mga teng bo‘lgan, o‘sish sur’ati — 19,3%.
O‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi joriy yilning olti oyida — bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasiga to‘g‘ri keldi.