Irkutsk viloyati qurilish sanoati uchun O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qiladi, deya xabar bermoqda “TACC” nashri.
Kadrlarni tanlash bilan Irkutsk xorijiy ishchi kuchini jalb qilish agentligi shugʻullanadi.
“Agentlik O‘zbekistonga so‘rov yuboradi va shu bo‘yicha mutaxassislar ro‘yxati shakllantiriladi. Ro‘yxat tasdiqlangach, ishchi kuchi markazlashgan holda aynan shu yuridik shaxs bilan ishlashga yuboriladi”, — dedi Irkutsk qurilish vaziri Aleksandr Galkin.
Uning soʻzlariga koʻra, hozirda toʻrtta pudratchi tashkilot Oʻzbekistondan kadrlar jalb etish boʻyicha shartnoma imzolashga ulgurdi, yana oltita yuridik shaxs uchun zarur mutaxassislar tanlab olinmoqda.
“Spot” avvalroq Novosibirskda oʻzbekistonlik migrantlar koʻpaygani haqida yozgandi.
Ular asosan qurilish va xizmat koʻrsatish sohalarida ishlaydi.