Innovatsion rivojlanish vazirligi “Milliy messenjer va ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha startap loyihalar” mavzusidagi startap loyihalar tanlovini e’lon qildi.
Tanlov O‘zbekistonda xalqaro darajadagi innovatsion ijtimoiy tarmoq yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Tanlovda ishtirok etish uchun loyiha tashabbuskori — startap loyiha asoschilaridan yoki kompaniya bo‘lgan taqdirda asosiy ulushdorlardan bo‘lishi lozim.
Ishtirokchilar 1 ta loyiha bilan ishtirok etishlari mumkin.
Startap loyihalar asosida tayyor mahsulot, dasturiy mahsulot, xizmatlar va texnologiyalar yaratishning hamda vazirlik tomonidan moliyalashtirishning eng ko‘p muddati 1 yildan oshmasligi kerak.
Shuningdek loyihalar mualliflik innovatsiyalari va texnologiyalariga asoslanishi shart.
Startap loyihalar innovatsionliligi, texnik jihatdan mukammalligi, jamoaning malakali mutaxassislardan shakllantirilganligi, marketing rejasi kabi mezonlar asosida qabul qilinadi.
Arizalar joriy yilning 1-oktabriga qadar qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar havola orqali jo‘natilishi kerak.
Batafsil ma’lumot bu yerda.