Moliya vazirligi jismoniy shaxslarga chiqariladigan g‘aznachilik obligatsiyalarini chiqarish xususida ish olib borilmoqda. Bu haqda Senatning navbatdagi yalpi majlisida ma’lum qilindi.

Bunda aholi uchun chiqariladigan obligatsiyalar foiz stavkasi yuridik shaxlarga chiqarilgan foiz stavkasidan yuqori bo‘ladi.

Aniqroq aytganda 3−4% yuqori yoki undan ham ko‘proq bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

Bu orqali banklardagi depozit stavkalari to‘lab beriladi.

2019-yili 600 mlrd so‘mlik davlat obligatsiyalari chiqarilgan bo‘lsa, 2021-yilga kelib bu ko‘rsatkich 5 trln.ga yetdi. 2022-yilda esa qimmatli qog‘ozlarni 6 trln so‘mga yetkazish ko‘zlangan.

2021-yil iyul oyida London fond birjasida O‘zbekiston Respublikasining $635 mln va 2,5 trln. so‘m miqdoridagi xalqaro obligatsiyalari joylashtirildi.

Bu obligatsiyalar bo‘yicha joriy yilda qayta hisobot beriladi.