Qashqadaryoda uzunligi 1500 metr bo‘lgan osma (kanat) yo‘l quriladi, bu haqda “Dunyo” xabar bermoqda.
Osma yo‘l Kitob tumanining tog‘li hududlarida qurilib, boshlang‘ich nuqtasidan 1000 metr balandlikka ko‘tariladi.
Uning quvvati soatiga 800 nafar sayyohga xizmat ko‘rsatib, faoliyati yozgi va qishki mavsumlarga mo‘ljallanadi.
Loyihani moliyalashtirish uchun Avstriya moliya institutlarining imtiyozli kredit mablag‘lari jalb qilinadi.
Texnik-iqtisodiy asoslarni Avstriyaning “Doppelmayr” kompaniyasi ishlab chiqadi.
“Doppelmayr” — osma yo‘llarni barpo etishga ixtisoslashgan dunyodagi yirik kompaniyalardan biri.
U 1892-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi vaqtga qadar dunyoning 96 davlatida 15 mingdan ortiq osma yo‘llar tizimlarini qurgan. Kompaniyaning 50 dan ortiq mamlakatda xizmat ko‘rsatish va savdo bo‘limlari mavjud.