Investitsiya dasturi doirasida Oʻzbekistonda $157,5 mln mablag‘ o‘zlashtirildi. Bu haqda Senatning 29-yalpi majlisida ma’lum qilindi.

Joriy yilning olti oyida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi $4,5 mlrd.ni tashkil etib, prognoz ko‘rsatkichlari 117% ga bajarildi.

Iyul oyida investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini kompleks ekspertizadan oʻtkazganlik uchun 50% miqdorida haq undirilishi belgilandi.

Ekspertizalar 100% lik oldindan haq toʻlash sharti bilan oʻtkaziladi.


Avvalroq “Spot” “Abu Dhabi Investment Authority” jamg‘armasi Farg‘onada quriladigan klinikaga $20 mln sarmoya kiritishi haqida yozgandi.

Shuningdek, NKMK investitsiya dasturini moliyalashtirish maqsadida xorijdan $1,2 mlrd kredit jalb qildi.