2022-yilning 2-choragi bo‘yicha axborot va kiberxavfsizlikning ta’minlanganligi reytingi e’lon qilindi.

Baholash “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning axborot va kiberxavfsizlik monitoringi tizimidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslandi.

Unga ko‘ra, Adliya vazirligi 97.3 ball bilan reytingning eng yuqori pog‘onasini egalladi.

Shuningdek, reytingning kuchli uchligidan Markaziy bank (97 ball) hamda Davlat statistika qo‘mitasi (95.2 ball) joy oldi.

Davlat bojxona qo‘mitasi va “O‘zsanoatqurilishbank” bir xil ko‘rsatkich (95.1) bilan mos ravishda 4−5-pog‘onadan o‘rin oldi.

Keyingi o‘rinlarni Farg‘ona viloyati hokimligi (94.6 ball), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (92.6 ball) hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati (92.3 ball) egalladi.

Va nihoyat, TOP-10 likni Toshkent shahar va Navoiy viloyati hokimliklari yopdi.


Avvalroq “Spot” davlat organlari korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari boʻyicha baholangani haqida xabar bergandi. Unga ko‘ra Davlat bojxona qoʻmitasi, DSQ hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining faoliyati eng yaxshi deb topildi.