O‘zbekistonda frilanserlikni o‘rganishga mo‘ljallangan platforma ishga tushdi, xabar beradi AKT vazirligi matbuot xizmati.

myfreelance.uz platformasi orqali soliq to‘lamasdan ishlash va pul topish mumkin bo‘ladi.

Platformaning video kurslar bo‘limida “Upwork”, “Fiverr” va “Envato” frilans birjalarida qanday ro‘yhatdan o‘tish va ish topish usuli o‘rgatiladi.

Dasturlash bo‘limida “Android”, “Frontend” va “Java script” dasturlash tillariga oid ayrim tushunchalar keltirilgan.

Shuningdek, 2D va 3D dizayn va video tahrirlash bo‘yicha video darslar ham mavjud.


Avvalroq “Spot” Innovatsion rivojlanish vazirligi milliy messenjer yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilgani haqida yozgandi. Tanlovga arizalar joriy yilning 1-oktabriga qadar qabul qilinmoqda.