2022-yil yanvar-iyun oylarida avtomobil transportida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida taksi xizmatlarining ulushi 49,7%ni tashkil etdi.

Bu koʻrsatkich so’mda 9,5 trln so‘mga teng boʻldi, deya xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi.

Yoʻlovchi tashish boʻyicha esa taksi xizmatlarining ulushi 85%ni tashkil etdi. 2021-yilning shu davrida bu ko’rsatkich 94,7% ni tashkil qilgan.

Hududlar orasida ushbu xizmat turi umumiy hajmida Toshkent (19,8%), Samarqand (17,1%) viloyatlari va Toshkent shahrida (12,2%) nisbatan yuqori ulushga ega.

Sirdaryo viloyatida bu ko‘rsatkich yuqori emas — 1,7%ni tashkil etdi.


“Spot” avvalroq taksi haydovchilariga berilgan imtiyozlar, yo’lovchi tashish litsenziyasi xizmatlari haqida yozgandi.