Saudiya Arabistoni sentyabr oyida Osiyo va AQSh mamlakatlari xaridorlari uchun eksport qilinadigan neft narxini oshiradi. Bu haqda “Saudi Aramco” ma’lumotlariga asoslanib “Reuters” xabar bermoqda.

Osiyoga yetkazib beriladigan asosiy “Arab Light” navining bir barreli uchun narx $0,5 oshib, natijada Ummon va Dubaydan olinadigan neftdan bir barrel uchun $9,8 ga qimmatroq bo‘ladi.

“Arab Extra Light” narxi esa 30 sentga oshiriladi.

AQShga eksport qilinadigan “Arab Light” narxi sentabr oyida 50 sentga oshadi va “Argus Sour Crude Index” benchmark kotirovkalarida bir barrel uchun $6,15 ga yuqori bo‘ladi.


“Spot” avval “Uzbekistan GTL” birinchi marta sintetik neft ishlab chiqarishni boshlagani haqida yozgandi.

Xom ashyodan dizel yoqilgʻisi, reaktiv yoqilgʻisi, nafta va suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi.