“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” kompaniyasi tender e’lon qildi.
Bunda ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha yangi texnik-dasturiy kompleks (SCADA) hamda elektr energiyasini boshqarish tizimini (EMS) joriy etish nazarda tutiladi.
Loyiha doirasida optik kabellar, axborot tizimlarini oʻrnatish hamda tovarlar, ishlar, konsalting va nokonsalting xizmatlarini xarid qilish uchun Jahon bankidan $115 mln miqdorida kredit mablagʻlari jalb etilmoqda.
113 ta podstansiyada raqamli qurilmalar oʻrnatish va 2 900 km optik tolali aloqa tarmogʻi tortish orqali elektr uzatish tizimini monitoring qilish, boshqarish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan telekommunikatsiya texnologiyalari joriy etiladi.
Tanlov barcha kompaniyalar va jismoniy shaxslar uchun ochiq bo‘lib, tender takliflarini qabul qilish joriy yilning 30-noyabriga qadar davom etadi.
Batafsil ma’lumot bu yerda.
Jahon banki kelishilgan dastlabki xarid rejasini va loyihaga doir yangiliklarni oʻzining web-saytida eʼlon qiladi.
Avvalroq “UzAuto Motors” oddiy aksiyalari “Toshkent” fond birjasining kotirovkalash varag‘iga kiritilgani haqida xabar berilgandi.
Kompaniya aksiyalarining fond bozorida ommaviy taklif orqali (IPO) joylashtirilishi joriy yilning oxiri yoki 2023-yilning boshida amalga oshiriladi.