2022-yilning 7 oyi davomida 41 441 nafar fuqaroga 7,6 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlari da keltirilgan.

Shundan, 1,7 trln so‘m miqdoridagi mablag‘ banklarning o‘z hisobidan ajratilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 560 mlrdni tashkil etgan.

Asosiy pul miqdori Moliya vazirligi hisobidan moliyalashtirildi (5,7 trln so‘m).

Qolgan 94,7 mlrd so‘m esa O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari hisobidan ajratilgan.

Hududlar kesimida kredit oluvchilarning eng ko‘p ulushi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda — 2,3 trln so‘m.


Aholiga ajratilgan kreditlarning 79%i birlamchi bozordagi uylar xaridiga, qolgan 21%i esa ikkilamchi bozordagi uylarga ishlatilgan.

Kreditlarning asosiy qismini 31−50 yosh oralig‘idagi fuqarolar olgan.

Joriy yilning 6 oyi davomida ipoteka kreditlarini eng koʻp “Qishloq qurilish banki” ajratib, 987 mlrd soʻmni tashkil etdi va bank kreditlash bozorining 27,2%ini egalladi.

Keyingi o‘rinlarda “Ipoteka-bank” va Oʻzmilliybank" 890 va 532 mlrd soʻm bilan peshqadamlik qildi.


Avvalroq regulyator yil oxirigacha “nisbatan qattiq” pul-kredit siyosatini saqlab qolishi haqida xabar berilgandi.