“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi Qonun bilan davlat xizmatchilariga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish taqiqlandi.
Shuningdek, ular biznesning muassisi bo‘lishi, o‘zi xizmat qilayotgan davlat organi nazoratidagi tashkilotlardagi ulushlarni, aksiyalarni sotib olish taqiqlanadi.
Ular endi O‘zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishi, chet elda mulk xarid qilishi mumkin emas.
Bunda xorijiy davlatda o‘qish, stajirovka o‘tash va tibbiy xizmatdan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek, davlat xizmatiga kirishdan oldin sotib olingan mulkka egalik qilish taalluqli emas.
Davlat xizmachisi daromadlari va mol-mulki to‘g‘risida ishga kirishdan avval deklaratsiya berishi kerak.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs davlat xizmatiga qabul qilinganidan keyin faoliyatini to‘xtatib turish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Avvalroq “Spot” tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiyalar qay hollarda va kimlarga berilishi haqida yozgan edi.