Davlat statistika qo‘mitasi erkak va ayol tadbirkorlarning 2021-yildagi moliyaviy natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ayollar bugungi kunda 16 mingdan ziyod mikrofirmalarga rahbarlik qilmoqda.

Umumiy hisobda mazkur kompaniyalar sof foydasi 2,3 trln so‘mni tashkil etdi.

O‘rta hisobda bitta tadbirkor ayolga sof foyda 141,4 mln so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda.

Bugungi kunda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘layotgan xotin-qizlarga bir qator imtiyozlar berilmoqda.

Masalan, aprel oyida xotin-qizlarga 33 mln so‘mgacha 14%lik kreditlar ajratilishi belgilandi.

Unga ko’ra, kreditlar oilaviy tadbirkorlik, chorvachilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, limonchilik va yana boshqa sohalar uchun 7 yilgacha beriladi.

Shuningdek, ayollar 5 mln so‘mgacha kreditlarni naqd holda olishlari mumkin.

2022−2024-yillarda tadbirkor ayollar ulushini 25%dan 40%ga yetkazish ko‘zda tutilgan.


Avvalroq “Spot” aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 13 ta holatda subsidiya ajratilishi haqida yozgandi.