Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining ishbilarmonlik faolligi tahlili e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 7 oyi davomida bojxona to‘lovlaridagi tushumlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 41,9%ga oshdi.

Eng katta o‘sish Qoraqalpog‘istonda kuzatildi — 62,8%.

Tashqi savdo aylanmasining o‘sishi, ishlab chiqarish quvvatining oshirilishi, jarayonlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish kabi omillar hisobiga bojxona tushumida o‘sish kuzatildi.

Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tovar eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,3%ga o‘sdi.

Eksport hajmining qisqarishi Buxoro (16,7%), Surxondaryo (7,8%) viloyatlarida va Qoraqalpog‘istonda (15,9%) kuzatildi.


Avvalroq “Toshkent” aeroportida masofaviy bojxona nazorati tizimi ishga tushgani haqida xabar bergandik.