Qozog‘iston aviakompaniyalari O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘ymoqchi, xabar beradi inbusiness.kz
Unga ko‘ra, ushbu hududlarga bo‘lgan talab tobora ortmoqda. Ammo hozircha uni qanoatlantirishning iloji bo‘lmayapti.
Yuqori talab esa aviachiptalar narxiga ta’sir qilgan.
“O‘zbekistonlik hamkasblarimizga yangi yo‘nalishlar va reyslar ochish bo‘yicha takliflar yuborildi, hozirda javob kutyapmiz”, — dedi Fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Saltanat Tompiyeva.
Ayni paytda xalqaro reyslar haftasiga 518 ta reys chastotasi bilan 115 ta yo‘nalish bo‘yicha 28 ta davlatga amalga oshirilmoqda.
Xalqaro yo‘nalishlarda aviakompaniyalar 2022-yilning birinchi yarmida 1,2 mln kishini tashigan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 60%ga oshgan.
Avvalroq “Spot” Oʻzbekiston rossiyaliklar ta’tilni oʻtkazadigan eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylangani haqida xabar bergandi.