Makroiqtisodiy tahlil va qisqa muddatli prognozlash markazi Rossiyaning iqtisodiy kelajagi bilan bog‘liq ssenariylarni ochiqladi.
Markaz qayd etishicha, kamida yaqin 10−15 yil davomida Rossiya sanksion bosimlar ostida qoladi.
Sanksiyalar uzoq muddatli xarakterga ega bo‘lib, lekin sekinlik bilan bo‘lsada eroziyaga uchrab boradi.
Rossiya iqtisodiyoti rivojining uchta ssenariysi ko‘rsatib o‘tilmoqda:
- avtarkiya rejimi;
- institutsional inertsiya rejimi;
- o‘sish uchun kurashish rejimi.
Avtarkiya — oʻzini-oʻzi taʼminlash degan ma’noni bildirib, u boshqa mamlakatlar bilan aloqalarsiz, o‘z-o‘ziga, rivojlanishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni anglatadi.
Avvalroq “Spot” OPEK Rossiya bilan raqobatdan bosh tortgani haqida yozgandi.
Tashkilot bosh kotibi neft narxining oshishi faqat Rossiya va Ukraina munosabatlaridagi vaziyat bilan bog‘liq emasligini bildirdi.