Xalqaro press-klubda “Tadbirkorlar: iqtisodiyotimiz tayanchi, islohotlarimiz lokomotivi, o‘sish nuqtasi drayveri” mavzusida ochiq muloqot tarzida sessiya bo‘lib o‘tdi.

Unda Savdo sanoat palatasi raisi, Biznes ombudsman, Investitsiya va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari, Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Markaziy bank raisi o‘rinbosari qatnashdi.

Shuningdek, bir nechta tadbirkorlar ishtirok etib, faoliyatida uchrayotgan muammolar va ularni yechish bo‘yicha takliflar kiritishdi.

Masalan, “BMB Trade Group” kompaniyasi rahbari Bekzod Mamatqulov 5−6 yil oldingi va hozirgi vaqtda O‘zbekistondagi biznes muhitini taqqoslab, duch kelayotgan muammolari haqida aytib o‘tdi.

Bekzod Mamatqulov

“Avvalari tadbirkorlik faoliyatini boshlashni o‘zi muammo edi, buning uchun 1,5−2 oy talab etilardi. Hozir esa bu jarayon bir kunda hal bo‘ladi”, — dedi Bekzod Mamatqulov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, eksportyorlarga ulgurji savdoda ruxsat beruvchi litsenziya olishdagi talablarlarning yuqoriligi katta to‘siq bo‘lgan. Shuningdek, banklar bilan ham bir qator muammolar bo‘lgan.

“Bugungi kunda davlat tadbirkorlarga faoliyatini amalga oshirishda imtiyozli kreditlar taqdim etmoqda. Hozirda tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha ko‘p islohotlar bo‘lyapti, buni barcha tadbirkorlar tan oladi”, — dedi tadbirkor.

Mamatqulov faoliyataning asosiy masalalardan biri bu qo‘shimcha qiymat solig‘i.

Shu sababli u investitsiya ko‘rinishida olib kiriladigan barcha mahsulotlar uchun QQSni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish taklifini kiritdi.

Mamatqulov ta’kidlashicha, ikkinchi muammoli vaziyat kontragent masalasi bo‘lib, u hozirgi vaqtda ko‘plab tadbirkorlarni qiynamoqda. Negaki ularning qarzdorliklari bevosita barcha hamkorlarga ta’sir ko‘rsatadi.

Qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkor, “SXF Samarqand City Stroy” kompaniyasi vakili Xurshid To‘rayev esa qurilishni boshlash uchun hamma hujjatlar bo‘lsa ham, ayrim masalalar boshlanib kelayotgan ishlarni to‘xtatib turayotganini qayd etdi.

Xurshid To‘rayev

Ya’ni, To‘rayevning aytishicha, ayrim tadbirkorlar qayerda “snos” haqida eshitishsa o‘sha joydagi odamlarning uylarini sotib olishib, 30−40 baravar qimmatga sotadi. Shu sababli boshlab kelayotgan ishni yarmidan to‘xtatib turadi.

Tadbirkor bunday holatlarga yechim sifatida ayrim takliflar tayyorlanayotgani haqida aytdi.

Avgust oyi oxirida prezident va tadbirkorlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unga bugungi kungacha 10 mingdan ortiq taklif va murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlarning asosiy qismini tadbirkorlarga kreditlar ajratish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari tashklil etadi.

Ma’lumot uchun: 2021-yil 20-avgust kuni prezident tadbirkorlar bilan ilk bor ochiq muloqot o‘tkazgan edi. Bu sana mamlakatda “Tadbirkorlar kuni” sifatida belgilanib, bunday uchrashuvlar an’anaviy tarzda, har yili tashkil etiladigan bo‘ldi.


“Spot” avvalroq tadbirkorlar valyuta kursining o‘zgarishi narxlar oshishiga ta’sir ko‘rsatishidan xavotirda ekanligi haqida yozgandi.