Rossiyaliklarning O‘zbekistonga reyslarni bron qilishi 12%ga oshdi, xabar beradi “ТАСС”.

Avgust oyida сhiptalar narxi boʻyicha Belarusdan soʻng eng past koʻrsatkich Moskva-Oʻzbekiston yoʻnalishida kuzatilgan boʻlib, kishi boshiga oʻrtacha 11,8 ming rubl (2,1 mln soʻm)ni tashkil etmoqda.

Talab nega oshmoqda

Iyun oyida Oʻzbekiston rossiyalik sayyohlar orasida “karta-turlar"ga talab boʻyicha yetakchiga aylangani ma’lum boʻldi.

Turoperatorlar buni bir qancha omillar kombinatsiyasi bilan izohlashdi. Birinchidan, bu mamlakatlar rossiyalik sayyohlarga uzoq vaqtdan beri yaxshi maʼlum, ikkinchidan, u yerga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar mavjud.

Uchinchidan, bu ikki davlat banklarida kartani tez va oson — 1−2 kun ichida chiqarish mumkin.

Shundan koʻp vaqt oʻtmay, iyul oyida mamlakat rossiyaliklarning xizmat safari bilan eng koʻp boradigan hududiga aylangani haqida xabar berildi.

Rossiyaliklarning bu yerdagi biznes safarlari asosan uch kungacha davom etmoqda.

Bundan tashqari, mamlakat rossiyaliklar ta’tilni oʻtkazadigan eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylandi.

Relokatsiya va hisob-raqamlar

Ukrainadagi urush Rossiyaga qarshi keng koʻlamli sanksiyalarga, shuningdek, koʻplab xorij kompaniyalarining chiqib ketishiga olib keldi.

Bu, oʻz oʻrnida, 100 mingdan ortiq mutaxassislarning dunyo boʻylab tarqalishiga olib keldi.

O‘zbekistonga ham Rossiya va Belarusdan ko‘plab 10 mingga yaqin mutaxassislar ko‘chib kela boshladilar.

“IT Park” ma’lumotlariga ko‘ra, fevral oyi oxiridan beri 6000 ga yaqin rus va belorus IT-mutaxassislari Toshkentga kelgan boʻlib, ularning bir qismi AQSh kompaniyalari tomonidan koʻchirilgan.

Shu va mart oyida “Visa” va “Mastercard” Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatgani sababli rossiyaliklarning xorijda hisob raqam ochish ko‘rsatkichlari o‘sib bormoqda.

O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi choragida mamlakat banklarida norezidentlar hisob raqamlari 47 mingga o‘sib, 169 mingtaga yetdi.

Ularning asosiy qismi Ukraina, Rossiya va Belarusdan vaqtinchalik ko‘chib kelgan fuqarolar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Moliya konsultanti Nataliya Smirnova so‘zlariga ko‘ra, Rossiya fuqarolari O‘zbekiston, Qozog‘iston va Gruziyada qattiq tekshiriladi.

Ushbu mamlakatlardagi kredit tashkilotlari “mijozingni bil” (KYC) protsedurasini juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiradilar, shu sabab hisob ochish uchun arizalarni tasdiqlash shartlari kechiktirilishi mumkin.


Avvalroq ekspert Yevgeniy Krasnyans O‘zbekiston bozoriga qanday kirish va ulushga ega bo‘lish mumkinligi, ehtimoliy to‘siqlar va istiqbolli yo‘nalishlar bilan bo‘lishgandi.