Farg‘onadan Samarqandga Tojikiston orqali avtobus qatnovi qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘nalish bo‘yicha ilk texnik qatnov amalga oshirilib, dastlabki yo‘lovchilar sifatida vazirlik mutasaddilari hamda nuroniylar jalb qilindi.

Texnik qatnov Tojikistonning So‘g‘d viloyati, Xo‘jand shahri orqali tranzit amalga oshirildi.

“Farg‘ona-Samarqand” avtobus yo‘nalishining masofasi 618 km bo‘lib, uni bosib o‘tish uchun 12 soat, 50 daqiqa sarflanadi.


Avvalroq “Spot” O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida yuk tashish jarayonlari soddalashtirilishi haqida xabar bergandi.

O‘zbekistonlik yuk tashuvchi haydovchilarga viza berish tartibi soddalashtirilib, transport xarajatlariga chegirmalar berilishi mumkin.