“O‘zbekiston temir yo‘llari” joriy yilning 1−4-sentabr kunlari ichki yo‘nalishlariga chegirmalar taqdim etmoqda. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati ma’lum qildi.

Quyidagi toifadagi fuqarolarga chegirmalar ajratiladi:

  • nafaqadagilar, nogironligi bor shaxslar, 1941−1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan — 50%;
  • oliy o‘quv yurtlarining talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus ta’lim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan — 15%;
  • oilaviy bo‘lib poyezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi — eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi taqdim etilgan holda) chiptaning tarif qismidan — 15%;
  • bir jamoa, guruh bo‘lib poyezdga chiqsa (yo‘riqnoma asosida 4 nafar va undan ortiq kishiga) chiptaning tarif qismidan — 15%;
  • “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga chiptaning tarif qismidan — 10%.

Imtiyozli chiptalarni faqat temiryo‘l kassalaridan xarid qilish mumkin.

Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Spot” Mustaqillik bayrami munosabati bilan “Uzbekistan Airways” ichki qatnovga chegirma e’lon qilgani haqida yozgandi.