Markaziy bank tomonidan “Oriyonbank"ning vakolatxonasi akkreditatsiya qilindi. Bu haqida Markaziy bank xabar bermoqda.

Markaziy bank reestriga ko‘ra, akkreditatsiya hujjati 2025-yilning avgustigacha amal qiladi.

Tojikiston bankining ofisi Toshkent shahri, “Afrosiyob” ko‘chasida joylashgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 8 ta xorijiy bank vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan uchtasi Janubiy Koreya banklariga, ikkitasi Germaniyaga tegishli.

Shuningdek, AQSh (“JP Morgan Chase”) va Rossiya (“Gazprombank”) banklarining ham ofislari mavjud.

Bank haqida

Oriyenbank” Tojikistondagi eng yirik banklardan biri. U aktivlari va kapitali bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi.

Bank jismoniy va yuridik shaxslarning 180 000 dan ortiq hisob-raqamlarini o‘z ichiga oladi.

Umumiy hisobda bankning 32 ta filiali mavjud bo‘lib, dunyoning 4 ta davlatida vakolatxonalariga ega.


Avvalroq regulyator qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan 13 ta bank haqida ma’lum qilgandi.