Lipetskdagi “Motorinvest” zavodida Evolute brendining i-Pro elektr sedanini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Rossiya savdo sanoat vazirligi xabar bermoqda.
Birinchi sotuvlar beshta shaharda — Moskva, Sankt-Peterburg, Nijniy Novgorod, Krasnodar va Sochida boshlanadi.
“Motorinvest” 11 yil davomida ishlab chiqarishga 13 mlrd rubldan ortiq investitsiya kiritadi.
Hozircha umumiy hisobda 242 ming dona avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Elektromobil haqida
i-Pro — Xitoyning Dongfeng Aeolus E70 rusumli avtomobilining ruscha versiyasidir.
Avtomobil 163 ot kuchli dvigatel va 53 kVt/soat quvvatli akkumulyatorga ega bo‘ladi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, to‘liq zaryadlangan akkumulyator 420 km yo‘lni bosib o‘tadi.
Evolute qatoriga elektromobillarning beshta modeli — ikkita krossover, sedan, miniven va yo‘ltanlamas kiradi.
Oʻzbekistonda elektromobil
Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, joriy yil yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati $34,1 mln.ga teng boʻlgan 1 125 ta elektromobil import qilgan.
Elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 875 taga yoki 4,5 barobarga oshgan.
Elektromobillarning asosiy qismi Xitoydan import qilingan bo‘lib, 983 tani tashkil qilmoqda.