“Uzbekistan Airways” joriy yildan bir nechta davlatga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Yana ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar qayta tiklanmoqda.

Yo‘lga qo‘yilayotgan parvozlar:

Urganch-Milan-Toshkent

Bu yo‘nalishdagi parvozlar 19-avgustdan boshlab haftaning juma kunlari amalga oshiriladi.

  • Urganchdan uchish — 22:05, Milanga yetib borish — 09:40;
  • Milandan uchish — 11:00, Toshkentga yetib kelish — 16:10.

Urganch-Milan yo‘nalishidagi bir tomonlama chipta narxi — 3 290 109 so‘mdan.

Urganch-Rim-Toshkent

Bu yo‘nalishdagi parvozlar 6-sentabrdan boshlab haftaning seshanba kuni amalga oshiriladi.

  • Urganchdan uchish — 14:40, Rimga yetib borish — 17:45;
  • Rimdan uchish — 19:15, Toshkentga yetib kelish — 04:15.

Urganch-Rim yo‘nalishidagi bir tomonlama chipta narxi — 3 133 968 so‘mdan.

Aviaqatnovlar qayta tiklangan yo‘nalishlar:

Toshkent-Tokio-Toshkent

Bu yo‘nalishdagi parvozlar 18-avgustdan boshlab haftaning payshanba kuni amalga oshiriladi.

  • Toshkentdan uchish — 22:05, Tokioga yetib borish — soat 09:40;
  • Tokiodan uchish — 11:05, Toshkentga yetib kelish — 16:10.

Toshkent-Tokio yo‘nalishidagi bir tomonlama chipta narxi — 10 514 260 so‘mdan.

Toshkent-Parij-Toshkent

Bu yo‘nalishdagi parvozlar 26-avgustdan boshlab haftada ikki marotaba — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

  • Toshkentdan uchish — 13:50, Parijga yetib borish — soat 18:00;
  • Parijdan uchish — 19:30, Toshkentga yetib kelish — 07:10.

Toshkent-Parij yo‘nalishidagi bir tomonlama chipta narxi — 4 416 553 so‘mdan.

Ahamiyat bering, chiptalar narxi 13-avgust holatiga ko‘ra taqdim etildi.

Shuningdek, joriy yilning kuziga borib “Uzbekistan Airways” Tailand va Malayziyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirmoqchi.

Vetnamga bo‘lgan aviaqatnovlar qayta tiklanadi.


“Uzbekistan Airways” Mustaqillik bayramiga chegirma e’lon qildi. 50%lik chegirma 1−4-sentabr kunlaridagi mahalliy aviaqatnovlarga amal qiladi.