Markaziy bank moliyaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish uchun “Tartibga solish qumdoni” tizimini joriy etmoqda. Bu haqda bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tartibga solish qumdoni moliya bozoridagi raqobatni oshirish, mijozlar huquqlarini himoya qilish va moliya tizimi barqarorligini ta’minlash sharti asosida joriy etishga ko‘maklashishni ko‘zda tutadi.

Shuningdek u moliyaviy xizmatlar turlarini kengaytirish va ommabopligini ta’minlash hamda ularning qonunchilik bazasini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Markaziy bankning qo‘shimcha qilishicha, joriy yilning 1-iyun holatiga katta yoshli aholining 66,4%i bank hisobvaraqlariga ega.

O‘zbekistonda bank kartasi va to‘lov terminalidan bevosita foydalanmasdan yetkazilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mobil ilova dasturlari yordamida QR-kod orqali tezkor to‘lovlarni amalga oshirish ommalashganini ko‘rsatmoqda.

2021-yilda “QR-onlayn” axborot tizimi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga taqdim qilingan QR-kodlar soni 92 ming donaga yetdi.

Bu ko‘rsatkich 2020-yilga nisbatan qariyb 1,5 barobarga ortdi.


Avvalroq, Markaziy bank tadbirkorlarning biznes kayfiyatini ma’lum qildi.

Onlayn so‘rovda iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat yurituvchi 1,4 mingga yaqin tadbirkor o‘z pozitsiyasini bildirdi.