Kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘tkazilgan “AntiHack Challenge” turnirining g‘oliblari aniqandi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga jami 282 ta ariza qabul qilinib, finalda 120 nafari qatnashdi.

Turnir shartiga ko‘ra, ishtirokchilari Wi-Fi tarmoqlarining xavfsizlik tizimlarida zaifliklarni topishlari kerak edi.

Yakunda esa Jonibek Sadriyev va Xushvaxt Nurulloyevlar ishtirokidagi “Root-me” jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Bundan tashqari, ekspertlar Ozoda Inoyatillo va Vitaliy Bolbasni eng faol ishtirokchilar deb topdi.


Ayni vaqtda “Silkway Accelerator” tanlovining ikkinchi oqimiga arizalar qabuli davom etmoqda. Arizalar 21-avgustgacha qabul qilinadi.