Aviasales.uz tadqiqotiga ko‘ra (“Spot"da mavjud), joriy yilning yoz mavsumida xorijliklarning O‘zbekistonga aviachiptalarni qidirish va bron qilish ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan 2,4 barobar oshdi.
Mamlakatga sayyohlar asosan Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozog‘iston, Belarus va AQShdan keladi.
Tojikiston ko‘rsatkichi esa o‘tgan yilning yoziga nisbatan o‘z o‘rnini yo‘qotdi.
O‘tgan yozga nisbatan rossiyaliklarning aviachiptalarga bo‘lgan talabi 141%ga oshgan bo‘lsa, koreyslarniki 180%ga, turklarniki 144%ga oshdi.
Qozog‘istonda O‘zbekistonga aviachiptalar o‘tgan yilning yoz mavsumiga nisbatan 46%ga ko‘p qidirildi.
Shuningdek, amerikaliklarning ham talabi ortib bormoqda. Ular O‘zbekistonga chiptalarni o‘tgan yilga nisbatan 60%ga ko‘proq izladi.
Avvalroq “Spot” Oʻzbekiston nega rossiyaliklar uchun eng mashhur yo‘nalishga aylanayotgani haqida batafsil yozgandi.