Joriy yilning dastlabki olti oyida sug‘urta tashkilotlari tomonidan 380 ta murojaat bo‘yicha 3,6 mlrd so‘m sug‘urta kompensiyasi to‘lab berildi. Bu haqda Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, sug‘urta tashkilotlariga 855 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 190%ni tashkil etdi.
Shundan 814 ta murojaat jismoniy shaxslardan kelgan bo‘lsa, qolgan 14 tasi yuridik tashkilotlardan kelib tushgan.
Murojaatlarning 95,4%i esa sug‘urta masalalari bo‘yicha bildirilgan.
Ta’kidlanishicha, 702 ta murojaat Prezident Adminstratsiyasi orqali jo‘natilgan.
Murojaatlarning eng ko‘p ulushi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Olti oyda jami 223 ta murojaat qabul qilingan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston sug‘urta bozorida jami 42 ta sug‘urta tashkiloti mavjud.
Shundan 34 tasi umumiy sug‘urta sohasida xizmat ko‘rsatsa, qolgan 8 tasi hayot sug‘urtasi sohasida faoliyat yuritadi.
Avvalroq “Spot” regulyator 4 ta sugʻurta kompaniyasining litsenziyalarini vaqtincha toʻxtatgani haqida yozgandi.