“Saudi Aramco” 2022-yilning ikkinchi choragi va birinchi yarmida rekord darajadagi daromad va foydani qayd etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Sof daromad chorakda $48,4 mlrd.ni, birinchi yarim yillikda esa $87,9 mlrd.ni tashkil etdi.

Erkin pul oqimi mos ravishda $34,6 mlrd va $65,2 mlrd.ga baholanmoqda.

Ikkinchi chorakda sof daromad 2021-yilning shu davriga nisbatan 90%ga oshdi.

Bunday daromadga neft narxining yuqoriligi va katta hajmdagi sotuvlar, shuningdek, neftni qayta ishlashdan olinadigan marjaning oshishi kabilar sabab bo‘ldi, deyiladi hisobotda.

Kompaniya haqida

Saudi Aramco” Saudiya Arabistonining milliy neft kompaniyasidir.

Neft qazib olish va neft zaxiralari hajmi bo‘yicha dunyodagi eng yirik neft kompaniyalaridan biri bo‘lib, u jahon neft zaxiralarining qariyb 12%ini, ishlab chiqarishning 10%ini, eksportning 14%ini tashkil qiladi


Avvalroq “Spot” Saudiya Arabistoni sentabr oyida Osiyo xaridorlari uchun neft narxini oshirishi haqida yozgandi.

Neft narxi $0,5 ga oshib, natijada Ummon va Dubaydan olinadigan neftdan bir barrel uchun $9,8 ga qimmatroq bo‘ladi.