“Galaxy Digital” kompaniyasi “BitGo” kripto-saqlovchi xizmatini sotib olish bo‘yicha $1,2 mlrd.lik taklifini qaytarib oldi, deya xabar bermoqda “rbc.ru” nashri
“BitGo” kriptovalyutalarini saqlash platformasi belgilangan muddatda tekshirilgan moliyaviy hisobotlarni taqdim eta olmadi va “Galaxy Digital” bilan kelishuv shartlarini buzdi.
Kriptovalyutani saqlash platformasi 2021-yil 31-iyulgacha auditdan o‘tgan moliyaviy hisobotlarni taqdim etmasdan shartnoma shartlarini buzgan, natijada birinchi milliard dollarlik bitim amalga oshmadi.
Birinchi marta kompaniyaning “BitGo"ni sotib olish rejalari 2021-yilning may oyida ma’lum bo‘lgan edi.
Kompaniyalar haqida
“The Galaxy” — institutlar, startaplar va jismoniy shaxslarga o‘zgaruvchan iqtisodiyotni shakllantirishda yordam beradigan raqamli aktiv va blokcheyn yetakchisi.
“BitGo” — institutsional raqamli aktivlarni saqlash, savdo va moliya sohasida yetakchi hisoblanadi.
Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda ayrim kriptobirjalardan foydalanish nega cheklangani haqida yozgandi.
Bunga ularning asosiy qismida litsenziyalar mavjud emasligi sabab bo‘lgan.