Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha logistika markazi binosi auksion savdosiga qoʻyildi. Bu haqda “E-auksion” ma’lumotlarida keltirilgan.

Markaz Samarqand viloyati, Bulungʻur tumanida joylashgan bo‘lib, 2021-yilda qurilgan.

Umumiy maydoni 5327 kv. metrni tashkil etadigan binoda elektr energiyasi, gaz va suv mavjud.

Boshlangʻich sotuv narxi 24,6 mlrd soʻm deya baholangan boʻlsa, zakalat puli esa 1,2 mlrd soʻmni tashkil qiladi.

Auksion 15-sentabr kuni soat 10:00 da boshlanadi, arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati shu kuni soat 09:00 da yakunlanadi.



Avvalroq “Spot” Toshkentdagi sog‘lomlashtirish markazi binosi sotuvga qo‘yilgani haqida xabar bergandi.