Qozog‘iston elektr energiyasi taqchilligiga duch kelishi mumkin. Bu haqda mamlakat energetika vaziri o‘rinbosari Jandos Nurmaganbetov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Zakon.kz” muxbiri.

Hozirgi iste’mol koʻrsatkichlari bilan 1−1,5 mlrd kVt soatgacha hajmda eletr energiyasi tanqisligiga duchor boʻlishimiz mumkin, deydi energetika vaziri o‘rinbosari.

Agar taqchillik yuzaga keladigan boʻlsa, u holda Qozoistonga elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatiga ega boʻlgan mamlakatlar — Rossiya, Oʻzbekiston, Qirizistondan amalga oshiriladi.

Nurmaganbetov soʻzlariga koʻra, avvalroq Qozogʻiston Qirgʻizistondagi Toʻqtoʻgʻul suv omboridan mamlakat janubiy viloyatlari uchun suv yetkazib berish boʻyicha muzokaralar olib borgan.

Buning natijasida Qozogʻiston tomoni esa isitish mavsumida Qirgʻizistonga elektr energiyasi yetkazib beradi.


Avvalroq “Spot” Afg‘oniston O‘zbekistonga yetkazib berilgan elektr energiyasidan qarzdor emasligi haqida yozgandi.

“Da Afghanistan Breshna Sherkat” kompaniyasi tomonidan elektr energiyasi uchun to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgan.