Joriy yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 56 896 ta oilaviy korxona faoliyat yuritadi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hududlar kesimida oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan korxonalarning eng ko‘p ulushi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri keladi — 10 076.

Eng yuqori beshtalikda Farg‘ona viloyati (6 194), Surxondaryo viloyati (5 632), Xorazm viloyati (5 207), Qashqadaryo viloyati (5 087) mavjud.

Eng kam ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatida kuzatilib, oilaviy korxonalar soni 352 tani tashkil etadi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yillik 14% stavkada imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Kreditlar mahallada hokim yordamchisining oʻziga biriktirilgan mahallada istiqomat qilayotgan (joylashgan) qarz oluvchiga beradigan tavsiyasi asosida ajratiladi.


Avvalroq “Spot” kichik biznesda faoliyat yuritayotgan ayol rahbarlar soni 16 mingdan oshgani haqida yozgandi.

O‘rta hisobda bitta tadbirkor ayolning sof foydasi 141,4 mln so‘mdan to‘g‘ri keladi.