Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $28,1 mlrd.ga teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda $6,3 mlrd.ga oshgan.
Umumiy tashqi savdo aylanmasi — $28,1 mlrd.ni tashkil etdi.
Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport $11,3 mlrd.ni tashkil etdi. Bunda:
- mahsulotlar — $9,3 mlrd,
- xizmatlar — $2 mlrd olib kelgan.
Shuningdek, importga $16,8 mlrd sarflangan. Bunda, mahsulotlarning hissasi $15,4 mlrd, xizmatlarniki esa $1,4 mlrd.ni tashkil etgan.
Avvalroq “Spot” joriy yilda O‘zbekiston eng ko‘p Turkiyaga elektrotexnikalar eksport qilgani haqida yozgandi. Umumiy eksport hajmi $438 mln.ni tashkil etdi.