2022-yilning yanvar-iyun oylarida Qozog‘istonda g‘alla ekinlaridan 1,6 mln tonna un yetishtirildi, deya xabar bermoqda “energyprom.kz” nashri. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,5%ga ko‘pdir.

Shundan umumiy hisobda 764,7 ming tonna un eksport qilinib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 36,2%ga o‘sdi.

212,7 ming tonna un MDH mamlakatlariga jo‘natilgan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 15,1%ga ko‘pdir.

Qozog‘iston unining asosiy qismi O‘zbekistonga jo‘natilgan bo‘lib, 158 ming tonnani tashkil qilgan.

Bu 2021-yilning yanvar-may oylariga nisbatan 17,6%ga oshgan.

Kuchli uchlikni Turkmaniston (21 ming tonna) va Tojikiston (17,9 ming tonna) yakunladi.


“Spot” avvalroq joriy yil olti oyida Qozog‘istondan ko‘proq O‘zbekiston va Turkiyaga pul jo‘natilgan haqida yozgandi.

Umumiy hisobda pul o‘tkazmalari hajmi 495,8 mlrd tengeni tashkil etib, shundan 130 mlrd.i O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi.