2022-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 14 546 tani tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Korxonalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 602 taga ko‘paygan.

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahri (8 793 ta), Toshkent (1 556) va Samarqand (682) viloyatlarida faoliyat olib bormoqda.

Bunda kompaniyalar asosan:

  • Rossiya (2 705),
  • Turkiya (2 050)
  • Xitoy (2 036)
  • Qozog‘iston (1 182),
  • Janubiy Koreya (906) kabi davlatlar bilan tashkil etilgan.

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar savdo, sanoat, qurilish, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi hamda boshqa sohalarda faoliyat yuritmoqda.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda qariyb 57 mingga yaqin oilaviy korxona faoliyat yuritayotgani haqida yozgandi. Eng ko‘p korxonalar (10 ming) Samarqandda tashkil etilgan.