Buyuk Britaniyada inflyatsiya 1982-yildan beri birinchi marta 10%dan oshdi, deya xabar bermoqda “forbes.ru” nashri.

“Bloomberg” nashriga ko’ra, Buyuk Britaniyada oxirgi marta inflyatsiya 1982-yilda 10%dan yuqori boʻlgan.

Milliy statistika boshqarmasi maʼlumotlarida keltirilishicha, iyul oyida Buyuk Britaniyada isteʼmol narxlari yillik hisobda 10,1%ga oshgan.

Iyul oyida iste’mol narxlarining oshishi “Reuters” nashri soʻrovida ishtirok etgan iqtisodchilarning 9,8%lik prognozidan yuqori bo‘ldi.

Endi ular Angliya banki narxlarning oʻsishiga qarshi kurash siyosatini kuchaytirishini kutmoqdalar.

Iste’mol narxlarining oylik oʻsishiga eng koʻp oziq-ovqat va alkogolsiz ichimliklar narxlarining oshishi sabab boʻldi.

“Uy hayvonlari uchun oziq-ovqat, tish choʻtkalari va dezodorantlar kabi boshqa asosiy mahsulotlar narxining oʻsishi ham iyul oyida inflyatsiyaning oshishiga yordam berdi”, dedi Milliy statistika boshqarmasi bosh iqtisodchisi Grant Fitzner.

Narxlar iyun oyiga nisbatan 2,3%ga, o‘tgan yilning iyuliga nisbatan esa 12,7%ga qimmatlashgan.


Avvalroq “Spot"da iyul oyida aholiga sezilgan inflyatsiya darajasi pasaygani haqida yozgandi.

Biroq go‘sht, piyoz, guruch kabi ijtimoiy tovarlar narxi o‘sishda davom etmoqda.