Boshqirdiston O‘zbekiston bilan bir qator loyihalarni amalga oshirishni rejalashtrilmoqda. Bu haqda Boshqirdiston bosh vaziri Andrey Nazarov O‘zbekistonga safari chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “rbc.ru” nashri.
Ikki davlat o‘rtasidagi qo‘shma investitsiya loyihalari qishloq xo‘jaligi xomashyosini ishlab chiqarish, qayta ishlash bo‘yicha korxonalar yaratish hamda turizmni rivojlantirishga oid bo‘ladi.
Uning soʻzlariga koʻra, Ufa va Toshkent oʻrtasidagi ishbilarmonlik aloqalari 2022-yil may oyida Radiy Xabirov boshchiligidagi viloyat rasmiy delegatsiyasining tashrifidan soʻng faollashgan.
Hozirda Oʻzbekiston kompaniyalari Boshqirdistonda bir qancha investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirmoqda.
Xususan, o‘zbek biznesiga aloqador “GazResurs” korxonasi respublikada 1,3 mlrd rubllik loyihalarni yo‘lga qo‘ymoqda.
Kompaniya Neftekamsk, Ufimsk, Karmaskalinsk va Beloretsk tumanlarida gaz quyish shoxobchalarini qurgan.
2024-yilga kelib Ufada yana uchta gaz quyish shoxobchalari paydo bo‘ladi. Investor ularga 270 mln rubl sarmoya kiritadi.
Ma’lumot uchun, 2022-yil boshidan buyon Boshqirdiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 6,9% ga o‘sdi.
2021-yilda ikki respublika o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi hajmi $113 mln.ni tashkil etgandi.