2022-yil aprel-iyun oylarida Rossiyaga qo‘shni mamlakatlarda muomaladagi kartalar soni bir yil avvalgiga nisbatan ancha yuqori bo‘ldi, deya xabar bermoqda “rbc.ru” nashri.

“Visa” va “Mastercard” Rossiyadan ketishi fonida ularning mahalliy banklar tomonidan chiqarilgan kartalari chet elda ishlashni to‘xtatdi.

Ekspertlar fikricha, bu rossiyaliklar “karta turizmi"ning gullab-yashnashiga olib keladi. Hammaga ham “Mir” va “UnionPay” tizimidan foydalanish qulay emas, negaki bu kartalar biroz qimmat va hamma joyda ham qabul qilinmaydi.

Qo‘shni mamlakatlar kartalar chiqarishni qanday ko‘paytirdi

Karta chiqarish bo‘yicha eng katta o‘sish Qirg‘iziston Markaziy banki tomonidan qayd etildi. Yil davomida xalqaro to‘lov tizimlarining kartalari soni 1,2 mln kartaga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 39,7%ga oshdi.

Armanistonda esa “Visa” va 'Mastercard" kartalari soni 2 mln.dan oshdi va 16,2%ga yetdi. Taqqoslash uchun: 2021-yilning ikkinchi choragida bu ko‘rsatkich 5,11%ga oshgan.

Belarus banklari kartalar sonini 11%ga oshirib, 17 mln.ga yetkazdi. Tojikiston banklari 2022-yil may oyi natijalariga ko‘ra (iyun oyi uchun ma’lumotlar hozircha mavjud emas) 4 mln.dan ortiq kartalar chiqargan (yil uchun +28%). Bir yil oldin o‘sish esa 21%ni tashkil etgan.

Qozog‘iston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, “Visa” va “Mastercard” kartalari soni yil davomida 7,8%ga oshib, 39,8 mln donaga yetgan, biroq bu so‘nggi yillardagi minimal o‘sish sur’atidir.

O‘zbekistonda vaziyat qanday

Ayni paytda Rossiyada karta turizmining cho‘qqisi “Visa” va “Mastercard” mart oyida bozorni tark etganidan keyin keldi, deydi ekspertlar.

Masalan, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Belarusda yillik o‘sish kamida 2018-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

O‘zbekiston banklari bir yil davomida kartochkalar sonini 26,2%ga oshirib, 29,9 mln donaga yetkazdi.

Iyun oyida Oʻzbekiston rossiyalik sayyohlar orasida “karta-turlar"ga talab boʻyicha yetakchiga aylangandi. Turoperatorlar buni bir qancha omillar kombinatsiyasi bilan izohlashadi.

Birinchidan, bu mamlakatlar rossiyalik sayyohlarga uzoq vaqtdan beri yaxshi maʼlum, ikkinchidan, u yerga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar mavjud. Uchinchidan, bu ikki davlat banklarida kartani tez va oson — 1−2 kun ichida chiqarish mumkin.


Avvalroq “Spot” Oʻzbekiston nega rossiyaliklar uchun eng mashhur yo‘nalishga aylanayotganligi haqida yozgandi.