Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Uzbekistan Airways"ning ayrim samolyotlarini sotishga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi.

Hozirda agentlik xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasi tanlab olinishi yuzasidan tanlov eʼlon qildi.

Konsultantlar shu sohada tegishli bilim va tajribaga ega bo‘lishi kerak.

Talabgorlar tijorat takliflarini so‘rovnomaga asosan 29-avgust soat 18:00 gacha havola orqali taqdim etishlari kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Samolyotlar haqida

Аktivlar 18 ta havo kemasi va 1 ta simulyatordan iborat:

Havo kemasi turi

Bort nomeri

Ishlab chiqarilgan yili

Боинг 757

UK 75701

1999

Боинг 757

UK 75702

1999

Боинг 767

UK 67007

2003

Боинг 767

UK 67008

2004

Боинг 767

UK 67000

2008

Ил-76 ТД

UK-76821

1982

Ил-76 ТД

UK-76793

1989

Ил-76 ТД

UK-76794

1989

Ил-76 ТД

UK-76427

1991

Ил-76 ТД

UK-76831

1992

Ил-114−100

UK-91105

2008

Ил-114−100

UK-91104

2009

Ил-114−100

UK-91106

2009

Ил-114−100

UK-91107

2010

Ил-114−100

UK-91108

2011

Ил-114−100

UK-91109

2013

Ил-114−100 uchun simulyator

1

2010

Ми-8МТВ-1 “SALON”

UK 17202

2011

Ми-8МТВ-1 “SALON”

UK 17201

2003


“Spot” avvalroq “Chinoz neftni qayta ishlash zavodi"ni xususiylashtirish jarayoni boshlangani haqida yozgandi. Talabgorlar tijorat takliflarini 27-avgustgacha taqdim etishlari mumkin.