Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasini quradi, xabar beradi Energetika vazirligi.

Shamol stansiyasi quvvati 1,6 mln xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash va yiliga 2,4 mln tonna uglerod chiqindilari chiqishini oldini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Oil&Gas” ma’lumotlariga ko‘ra, loyiha qiymati $2,4 mlrd.ga teng boʻlib, stansiya 1500 MVt quvvatga ega.

Shamol elektr stansiyasini 2026-yilning birinchi choragida toʻliq ishga tushirish rejalashtirilgan.

ACWA Power“da bu mintaqadagi eng yirik quruqlikdagi shamol energetika loyihasi bo‘lishini va O‘zbekistonning qayta tiklanadigan energiya manbalari bo‘yicha umumiy maqsadlarining 19%ini amalga oshirishi qayd etildi.

“ACWA Power"ning mamlakatdagi boshqa loyihalari

Saudiya Arabistonining yetakchi ishlab chiqaruvchisi, sarmoyadori va elektr stansiyalari operatori bo‘lgan “ACWA Power” kompaniyasi bilan hamkorlikda qator energetika loyihalari amalga oshirilmoqda.

Shu jumladan, kompaniya Buxoro viloyatining ikkita tumanida har biri 500 megavatt quvvatga ega ikkita shamol elektr stansiyasini qurmoqda.

Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda 100 megavatt quvvatga ega, Sirdaryoda quvvati 1500 megavatt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasini qurmoqda. Uni 2023 yilning to‘rtinchi choragida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.