“Tadbirkorlar bilan muloqot haftaligi” doirasida avtomobil transporti tizimini rivojlantirish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra, avtomobil transporti tizimini rivojlantirish uchun 2022−2026-yillarda 5 000 ta avtobus va 3 400 ta mikroavtobuslar xarid qilinadi.
Shu jumladan, joriy yil yakunigacha 1 000 ta avtobus va 680 ta mikroavtobuslar keltiriladi.
Shuningdek, kelgusida Toshkent metropolitenida intervallarni yanada kamaytirish maqsadida Rossiyaning “Metrovagonmash” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy turdagi 14 ta yangi harakat tarkib (vagon)larini xarid qilinishi rejalashtirilgan.
Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini yangi tartib asosida funksiyalarga bo‘linadi:
- shahar yo‘nalishlari — magistral, bog‘lovchi, halqa va yetkazib beruvchi yo‘nalishlar;
- shahar atrofi yo‘nalishlari — magistral, bog‘lovchi va yetkazib beruvchi yo‘nalishlar;
- shaharlararo yo‘nalishlar — magistral va bog‘lovchi yo‘nalishlar.
Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish tizimini raqamlashtirish orqali “E-Vokzal” elektron platformasi ishga tushiriladi.
Avvalroq “Spot” O‘zbekiston Turkmaniston va Eron bilan transport sohasida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan qator kelishuvlarga erishgani haqida yozgandi.