Istiqbolli loyihalar milliy agentligi kripto-aktivlar muomalasi bo‘yicha kripto-birjalar va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarni litsenziyalash tartibini tasdiqladi.
Hujjat lex.uz maʼlumotlar bazasida mavjud. Uning mazmuni agentlik may oyida e’lon qilgan litsenziyalar berish to‘g‘risidagi nizom loyihasiga keng mos keladi.
Xizmatlar provayderlari faoliyatining turlari quyidagilardan iborat:
- kripto-birja;
- mayning-pul;
- kripto-depozitariy;
- kripto-do‘kon.
Xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya faqat O‘zbekiston rezidentlari — yuridik shaxslariga beriladi.
Litsenziya berish talablari
Xizmatlar provayderlari serverlarini O‘zbekiston hududida joylashtirishi, kripto-aktivlar bilan bog‘liq barcha operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotlarni besh yil davomida saqlashi kerak.
Iqtisodiy jinoyatlar, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki o‘talmagan shaxslar boshqaruvchilik qilmaydi.
Offshor hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalarning litsenziya olishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bundan tashqari, kompaniyalar kriptovalyuta muomalasi sohasidagi faoliyat uchun to’lovlarni o’z vaqtida to‘lashlari shart.
Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda ayrim kriptobirjalardan foydalanish nega cheklangani haqida yozgandi. Bunga ularning asosiy qismida litsenziyalar mavjud emasligi sabab bo‘lgan.