Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi issiqlik energiyasini yetkazib berishda monopoliyalar tomonidan manfaatlari buzilayotgan tadbirkorlarga yordam berdi.

Jumladan, Navoiyda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga “Navoiy IES” AJ tomonidan ishlab chiqilgan 1 Gkal issiqlik energiyasi 166 ming so‘mdan yetkazib berilishi belgilangan.

Ammo issiqlik energiyasi belgilangan narxdan 37%ga qimmat, ya’ni o‘rtacha 227 ming so‘mdan yetkazib berilganligi aniqlandi.

Natijada jami 70 dan ortiq tadbirkorlardan qariyb 8 mlrd so‘mlik ortiqcha mablag‘ olingan.

Qo‘mita asossiz undirilgan mablag‘larni tadbirkorlarga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Qaror Navoiy tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan qanoatlantirildi. Bunda tadbirkorlarning manfaatlari himoya qilinishi kutilmoqda.


Avvalroq “Spot” Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi “Oʻzbekiston kabel televideniyesi"ga qarshi ish qoʻzgʻatgani haqida yozgandi.