Shvetsiyaning “H&M” kompaniyasi Rossiyada o‘zining 118 ta do‘konini zaxiradagi tovarlarini sotish uchun ochdi. Bu haqda “TACC” nashriga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ulardan 98 tasi “H&M”, 4 tasi “Cos”, 3 tasi “Other Stories”, 2 tasi “Weekday”, 11 tasi “Monki” do‘konlaridir.

Ular vaqtinchalik mavjud tovarlarni sotish uchun ishlaydi.

Avvalroq, Rossiyada 2009-yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan riteyler bu yerdagi faoliyatini bosqichma-bosqich to‘xtatishi to‘g‘risida ma’lum qilgandi.

Kompaniyaning bundan ko‘radigan zarari taxminan $192 mln deb baholamoqda.


Avvalroq “Spot” Rossiya bozorini tark etayotgan xalqaro kompaniyalar haqida ma’lumot bergandi.